🎓 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2026-05-21 14:55:00 / Yangiliklar

Unda Shirin shahar hokimi Dilfuza Kambarova hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan samimiy suhbat olib bordi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, o‘quvchilarning kelajakdagi orzu-maqsadlari, rejalari haqida fikr almashilib, ularga maqsad sari intilishda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shahar hokimi yoshlarni ko‘proq kitob mutolaa qilishga, zamon bilan hamnafas holda doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga chaqirdi.
Yoshlar bilan bunday uchrashuvlar ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




