Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-30 13:45:00 / Yangiliklar

Tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini tinglash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi A. Ergashev, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i J.O'rinbayev hamda shahar ma’naviyat bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida faol yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. Shuningdek, yoshlarga huquqiy tushunchalar va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uchrashuv samimiy va manfaatli muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning faolligi hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


