IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FAROVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR
2026-04-20 10:25:00 / Yangiliklar

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,
✅ 2026-yilning yanvar- fevral oyida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 1 358,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,8 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 90.5 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar- fevral oyida, Shirin shahrida jami 29,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 26,8 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 113,1 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 13,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,0 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 3 541,9 ming AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 460,9 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining eksport hajmi 179,1 ming AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,9 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining import hajmi 3 362,8 ming AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 752.6 % ga yetdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali yuborishni unutmang.
Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i
N.Narquziyeva
