Navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2026-04-04 14:55:00 / Yangiliklar
Bugun shahrimizdagi 3-umumta’lim maktabida shahar hokimi Dilfuza Kambarova ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida uy-joy kadastri, aholiga xizmat ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash, gaz va elektr energiyasi ta’minoti hamda tadbirkorlik faoliyati yuritilayotgan yer maydonlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, o‘rganish talab etiladigan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Bu kabi ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishga qaratilgan ishlarning doimiy e’tibor markazida ekanini ko‘rsatadi.









