Shirin shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
2026-04-03 15:30:00 / Yangiliklar
Shahrimizda yoshlar va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, Do‘stlik mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlariga bag‘ishlangan sport musobaqalarining mahalla bosqichi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling hamda mas-restling yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z kuchi, chidamliligi va matonatini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqalar mahallalarda ahillik, birdamlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









