Shirin shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari
2026-03-16 09:25:00 / Yangiliklar

(2026-yilning yanvar oyi)
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,
✅ 2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 820,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 118,2 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 90.5 % ni tashkil etdi.
✅2026-yilning yanvar oyida, Shirin shahrida jami 9,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,8% ni tashkil etdi.
✅2026-yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12,3 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 110 % ni tashkil etdi.
✅2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 6,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,6 % ga yetdi.
✅2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6219,8 % ga yetdi.
✅2026-yilning yanvar oyida Shirin shahrining eksport hajmi 0,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 % ga yetdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali yuborishni unutmang.
Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i
N.Narquziyeva
