Iqtisodiyotni rivojlanishi, xalq faravonligiga yorqin yo‘ldir
2025-12-17 13:00:00 / Yangiliklar

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,
✅ 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 5779 ,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 81,3 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 90.5 % ni tashkil etdi.
✅2025-yilning yanvar-oktabr oylarida, Shirin shahrida jami 280,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,9% ni tashkil etdi.
✅2025-yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 115,5 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 114,3 % ni tashkil etdi.
✅2025-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi
29 703,2 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1020,2 ni tashkil etadi.
✅2025-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 46,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ga yetdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali yuborishni unutmang.
Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i N.Narquziyeva
