O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilgi xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi PF-70-sonli farmoni qabul qilindi
2025-06-03 09:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilgi xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi PF-70-sonli farmoni qabul qilindi
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasiga muvofiq 2030-yilga qadar nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish va davlat ishtirokidagi korxonalarni qisqartirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlash, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish, ular tarkibidagi raqobat sharoiti shakllangan sohalardagi korxonalar sonini kamaytirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsad qilingan.
Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:
• 4 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) ni ommaviy savdolarga chiqarish.
• 46 ta ko‘chmas mulk obyektini ommaviy savdolarga chiqarish.
• 614,3 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish belgilab berilgan.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan auksion savdolarida sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar uch oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma summasining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi;
2027-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan auksion savdolarida sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining xarid narxidan qattiy nazar barcha xaridorlarga xarid to‘lovlarini 7-yil muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda davlat ishtirokidagi korxonalarni qisqartirish va xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida 2030-yil 1-yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi.
