Xalqaro oila kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi!
2025-05-16 13:55:00 / Yangiliklar

Xalqaro oila kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi!
Chimboy tumani madaniyat markazi binosida Xalqaro oila kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanimizning ahil, ibratli va faol oilalari alohida e’tirof etildi.
Chimboy tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Mambetniyazova bayram kechasida ishtirok etib, munosib deb topilgan oilalarga ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘llab, oila - jamiyatning asosi ekanini alohida ta’kidladi.
Bayram tadbiri davomida konsert dasturi tashkil etilib, undagi qoraqalpoq milliy kuylari va badiiy chiqishlar tomoshabinlarga haqiqiy bayram kayfiyatini bag‘ishladi.
Tinch, ahil va mehrga to‘la oilalar - yurtimiz kelajagining poydevori!
