PQ-1-SONLI QARORI IJROSI YUZASIDAN!!!
2025-04-29 18:30:00 / Yangiliklar

PQ-1-SONLI QARORI IJROSI YUZASIDAN!!!
Bugun, Chimboy tuman prokurori R.Xalmuratov va tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Mambetniyazova bilan birgalikda tumandagi xotin-qizlar masalalari o‘rganildi.
Unga, tumandagi bugungi kunda aliment oluvchilar, ajrim yoqasida turgan va migraciyadan qaytgan jami 48 nafar xotin -qizlar qatnashdi.
Dastlab, ular chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan so‘ng bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unga, tumandagi 17 ta korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari jami 53 ta bo‘sh ish o‘rinlar bilan qatnashdi.
Yarmarka natijasi bilan 2 nafar xotin-qizga doimiy ishga joylashtirish uchun va 3 nafari kasbga qayta tayyorlash kurslariga o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi.
Shundan so‘ng, tuman prokurori tomonidan individual tarzda har bir xotin-qizning ijtimoiy va iqtisodiy muammolari tinglandi.
Ular tomonidan jami 5 ta murojaatlar kelib tushib, 2 tasi joyida ijobiy hal qilinib, 1 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.
