Yosh o‘smir qizlar tarbiyasi e’tiborda
2026-04-21 17:50:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 01-08/12-03/180-sonli bayoniga asosan, Respublikamiz hududida yosh-o‘smirlar, ayniqsa qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, erta tug‘ish va o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha tuman hokimligida muassasa, korxona va ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda Chimboy tumani prokurori R.Xolmuratov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Utemisov va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Mambetniyazovalar ishtirok etib, unda maktab yoshidagi muammoli yosh o‘smir qizlar bilan olib boriladigan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan 11 toifadagi yosh o‘smir qizlarga biriktirilgan rahbarlarga topshiriqlar berildi.Shuningdek, tadbirda tumanimizdagi huquqni muhofaza qilish tashkilotlari va diniy muassasa vakillari ham qatnashdi.
