Bayram tadbirlari joylarda davom etmoqda.
2026-03-27 12:50:00 / Yangiliklar
Bayram tadbirlari joylarda davom etmoqda.

Bayram tadbirlari joylarda davom etmoqda.
Bugun "Orjap" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, bahor va vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan milliy taomlar tayyorlanib, bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi.
