Bugun Chimboy tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining navbatdagi 13- sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2025-11-17 11:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining navbatdagi 13-sessiyasining kun tartibida ko‘riladigan masalalar
1. Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil
14-yanvar kungi QQ-35-V-sonli qarorining ijrosi doirasida hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, "Mahalla yettiligi" bilan birgalikda muammolarni hal etish bo‘yicha Mahallalar uyushmasi Chimboy tumani bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish.
2. Chimboy tumanida hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan "drayver" loyihalarning ijrosi to‘g‘risida.
3. Chimboy tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
4. Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashining 2025-yil 8-sentyabr kungi Chimboy tumani bo‘yicha 2025-yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini qayta tasdiqlash to‘g‘risidagi VII-11-93-13-192-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish.
5. Chimboy tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilgan ishlar haqida.
6. Mablag‘ ajratish haqida.
7. Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining deputati J.Aliyevaning deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum etish bo‘yicha Chimboy tumani prokuraturasining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
