Hokim yordamchilari faoliyatiga nazar: Mahallalardagi o‘zgarishlar va natijalar
2025-07-02 13:10:00 / Yangiliklar

Hokim yordamchilari faoliyatiga nazar: Mahallalardagi o‘zgarishlar va natijalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-yanvardagi farmoniga muvofiq, har bir mahallada tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi joriy etilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Tumanimizdagi 48 ta mahallada mavjud infratuzilmani yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. “Tashabbusli budjet” dasturi orqali qator loyihalar amalga oshirildi, ijtimoiy muammolar joyida hal etildi.
Hokim yordamchilari tomonidan doimiy o‘rganishlar asosida har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy portreti shakllantirildi. Ishsizlar aniqlandi, kasbga o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbai yaratish mexanizmlari ishga tushirildi.
2025-yilning o‘zida amalga oshirilgan asosiy natijalar:
- 1194 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
- 3150 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlandi;
- 907 nafar fuqaro kasbga o‘qitilib, maxsus sertifikat oldi;
- 1418 nafar fuqaroga 18 mlrd 559 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
Yoshlar va ayollar daftari ro‘yxatidagi fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskunalar yetkazildi. 17 nafar hunarmand “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lishi uchun moddiy yordam oldi.
Kam ta’minlangan oilalar bilan manzilli ishlash kuchaytirildi. Ular uchun ijtimoiy xizmatlar – oila yordami, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ko‘maklar ko‘rsatilib, daromadi oshgan oilalar kambag‘allik reestridan chiqarildi.
Hokim yordamchilari faoliyati davlat siyosatini mahallalarda amaliyotga joriy qilishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu esa mahallalarning ijtimoiy barqarorligi, aholining farovonligi va mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sherobod tuman hokimi birinchi o'rinbosari: U Xamrayev
