Sherobod tumanining Chekka mahallalarida Navro‘z shukuhi
2025-03-28 14:35:00 / Yangiliklar
Sherobod tumanining "Istiqbol" mahallasida katta shodlik va tantanalar bilan Navro‘z bayrami nishonlanmoqda.
Bayram O‘zbek va Tojik xalqlarining boy milliy an’analari, san’ati, musiqa va raqslar bilan jonlandi. O‘tkazilgan madaniy dasturlar orqali har ikki davlatning tarixiy va ma’naviy aloqalarini yana bir bor yodga olish imkoniyati yaratildi.

"Istiqbol" mahallasida o‘tkazilayotgan Navro‘z bayrami O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yana bir bor qadrlash va mustahkamlash, chegaralarimiz, an’analarimiz bir-birimizni yanada yaqindan tushunishimizga va qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarimizni yangi darajaga ko‘tarishimizga xizmat qiladi desak adashmaymiz.







