🇺🇿 🅰Sherobod tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi
2026-10-25 09:27:00 / Yangiliklar

🇺🇿 🅰Sherobod tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi
📒 Sherobod tumanida 25-oktabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
➡️Tadbirda Sherobod tuman hokimi o’rinbosari A. Pirmatov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Z. Jo‘raqulov, tuman prokurori J. Kenjayev, hamda Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i I. Yusupov, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylar ishtirok etishdi.
➡️Tadbir avvalida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilxom Yusupov so‘zga chiqib, yurt tinchligi, fuqarolar osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
➡️Shuningdek, ularning mashaqqatli mehnati, sadoqati va xalqimiz uchun qilayotgan xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
🫥Tadbir yakunida o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan, namunali faoliyat ko‘rsatgan xodimlar va faxriylar tuman rahbarlari tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.






