🌙Sherobod tumanidagi qabristonlarda hashar ishlari olib borilmoqda.
2026-10-24 10:40:00 / Yangiliklar

🌙Sherobod tumanidagi qabristonlarda hashar ishlari olib borilmoqda.
Sherobod tumanida obodlik, ozodalik va muqaddas maskanlarni munosib saqlash borasidagi ezgu an’analar davom etmoqda.
Tumandagi diniy soha vakillari hamda mahalla uyushmasi boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida hasharlar tashkil etilib borilmoqda. Unda Sherobod ahli qatnashib, savobli va xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Hashar davomida qabristonlar hududlari obodonlashtirish, tozalash, mavjud infratuzilmalarni tartibga keltirish va muqaddas maskanni ozoda holatga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish, muqaddas maskanlarni obod saqlash hamda xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
Sherobod tumanidagi hasharlar xalqimizning ezgu qadriyatlari, birdamligi va bunyodkorlik ruhining yorqin namunasidir.





