📣 DIQAT, SHEROBODLIK YOSHLAR!
2026-10-23 08:07:00 / Yangiliklar

📣 DIQAT, SHEROBODLIK YOSHLAR!
Prezidentimizning yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka o‘rgatish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida ajoyib imkoniyat yaratildi!
➡️Sherobod tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan Kattabog‘ mahallasi Yoshlar markazida maxsus SHTAB o‘z ishini boshladi!
Sizni o‘z kelajagingizni o‘z qo‘lingiz bilan qurishga, foydali kasb egasi bo‘lishga chorlaymiz!
➡️ Shtabimizda sizni quyidagi yo‘nalishlar kutmoqda:
• 💼 Kasb-hunar va tadbirkorlik: Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazib, zamonaviy kasb-hunarlar va biznes sirlarini o‘rganing.
• ⌨️ Zamonaviy axborot texnologiyalari (IT): Raqamli texnologiyalar olamiga qadam qo‘ying va kelajak kasblarini egallang.
• 🌍 Chet tillari: Xorijiy tillarni mukammal o‘rganib, dunyo eshiklarini oching.
• ➡️ Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: Sport, madaniyat va san'at yo‘nalishidagi iqtidoringizni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
➡️Ishga Joylashish: O’zingizni mutaxasisligingiz bo’yicha ishga joylashing
➡️ Maqsadimiz bitta: Har bir yoshning bandligini ta'minlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash!
📌Murojaat uchun: +998942040060 - Yoshlar agentligi
+998 88-007-11-68 - Soliq bo’limi
+998 93 799 66 60 - Sherobod
Milliy bank
• Manzil: Sherobod tumani, Kattabog‘ mahallasi, Yoshlar markazi.
• Kimlar uchun: Barcha uyushmagan va tashabbuskor yoshlar taklif etiladi!
Kelajagingiz uchun ilk qadamni bugunoq tashlang! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
