🟦Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-08-24 15:23:00 / Yangiliklar
24.08.2026
🗣Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli asosida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Jumladan, bugun tuman hokimining o‘rinbosari Chori Raxmonov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yuzma-yuz ochiq qabul o‘tkazildi.

🗣Qabul davomida tumandagi aholini qiynab kelayotgan turli masalalar, ijtimoiy muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, moddiy yordam hamda boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi.
🗣Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.