MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: SHEROBODDA 10 DAN ORTIQ TA’LIM MASKANI YANGI QIYOFADA🇺🇿
2026-08-24 14:25:00 / Yangiliklar
💠Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etib, bir qator maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi

🇺🇿MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: SHEROBODDA 10 DAN ORTIQ TA’LIM MASKANI YANGI QIYOFADA🇺🇿
💠Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etib, bir qator maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
➡️Jumladan, tumanda jami 10 dan ortiq ta’lim maskanida qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari yakunlandi.
🏫 Maktablar yo‘nalishida:
➡️34-sonli maktabda 96 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, sport zali va oshxona barpo etildi;
➡️35-sonli maktabda mavjud 60 o‘rinli bino mukammal ta’mirlanib, sport zali va oshxona qurildi;
➡️45-sonli maktabda 140 o‘rinli bino mukammal ta’mirlanib, sport zali va oshxona barpo etildi;
➡️60-sonli maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi va zamonaviy sport zali bunyod etildi.
👧 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida esa:
➡️“Kattabog‘”, “Guliston”, “Navbur”, “Qizilolma” va “G‘urjak-2” mahallalarida jami 7 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularda 90 nafardan 120 nafargacha bo‘lgan o‘rinlar tashkil etildi.
➡️Yangi va zamonaviy ta’lim maskanlarining foydalanishga topshirilishi farzandlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib, Sherobodning ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
➡️Mustaqillikning 35 yilligi — yangi bunyodkorlik, yangi imkoniyatlar va yangi marralar bilan! 🇺🇿








