Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Sherobod tumanida yosh tadbirkorlar g‘oyalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-07-16 13:55:00 / Yangiliklar

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Sherobod tumanida yosh tadbirkorlar g‘oyalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Sherobod tumanida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tadbirkorlikka qiziqadigan yoshlarning biznes loyihalari taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda tumandagi 48 ta mahalladan 48 nafar tashabbuskor yosh o‘zining istiqbolli tadbirkorlik loyihalari bilan ishtirok etdi. Yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan biznes g‘oyalari mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbirda Sherobod tumani hokimi U. Alimov, Sherobod tuman DXX bo‘linmasi boshlig‘i Z. Jo‘raqulov, Sherobod tumani prokurori J. Kenjayev, tuman IIB boshlig‘i I. Yusupov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes loyihalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish maqsadida har bir loyiha tashabbuskori tegishli tijorat banklariga biriktirildi. Bu orqali yoshlarning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi, imtiyozli kreditlardan foydalanishi hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbir yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash va ularni zamonaviy biznes muhitiga faol jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.







