"Xavfsiz va sog‘lom yurt": Sherobod tumanida pasport-viza nazorati kuchaytirildi
2026-07-08 08:35:00 / Yangiliklar
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida Sherobod tumanida migratsiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

"Xavfsiz va sog‘lom yurt": Sherobod tumanida pasport-viza nazorati kuchaytirildi
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida Sherobod tumanida migratsiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasi bo‘linmasi xodimlari tomonidan "Bahor, Do’stlik, Katta hayot" mahallalarida hududidagi ko‘p qavatli uylar, korxona va tashkilotlar, sanoat zonalari, mehmonxonalar hamda boshqa joylashtirish vositalarida pasport-viza qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.
Tadbirlar davomida aholi va mas’ullarga fuqarolar, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga oid qonunchilik talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xorijiy investorlar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarda mehnat qilayotgan chet el fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga mamlakatimiz hududida bo‘lish, harakatlanish va migratsiya qoidalari bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar yetkazildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda migratsiya sohasida qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.







