Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-05-20 10:05:00 / Yangiliklar

Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
🗣Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli asosida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Jumladan, kecha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Hamrayev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yuzma-yuz ochiq qabul o‘tkazildi.
🗣Qabul davomida tumandagi aholini qiynab kelayotgan turli masalalar, ijtimoiy muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, moddiy yordam hamda boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi.
🗣Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijroga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
🗣Bunday ochiq qabullar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim аҳамият kasb etmoqda.






