Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
2026-05-22 09:30:00 / Yangiliklar

Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
🗣 Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida belgilangan fuqarolar qabuli kunlari asosida har juma kuni tuman hokimining ochiq qabuli muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Ana shu tartibdagi navbatdagi ochiq qabul bugun Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov, tuman prokurori Jasur Kenjayev hamda tuman IIB boshlig‘i Ilxom Yusupov ishtirokida tuman xalq qabulxonasida o‘tkazildi.
🗣 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlardagi murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha tinglandi. Jumladan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma, moddiy yordam, uy-joy, yer va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🗣 Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi.
🗣 Ta’kidlanganidek, bu kabi ochiq qabullar aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🗣Shuningdek, bunday uchrashuv va muloqotlar davlat idoralari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









