Baraka erta tongdan boshlanadi.
2026-04-09 07:42:00 / Yangiliklar

Baraka erta tongdan boshlanadi.
🫥Bugungi ish kuni Sherobod tumanining “Katta Hayot” mahallasi joylashgan Dehqon bozoridan boshlandi. Tuman hokimi Usmon Alimov mas’ul rahbarlar bilan birgalikda mahallada joylashgan markaziy bozor hududida yig‘ilish o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasi va farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qildi.
🫥Yig‘ilishda bozor hududida tozalash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, savdo faoliyatini raqamlashtirish, bozor va savdo nuqtalarida tartib-intizomni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, savdo jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, noqonuniy savdo faoliyatiga barham berish va soliq intizomini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
🫥Sherobod tumani markazida joylashgan bozor hududida savdo faoliyatini tartibga solish, infratuzilmani zamon talablariga moslashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bozor hududida raqamlashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich joriy etilib, noqonuniy qurilmalar va belgilangan me’yorlarga zid ravishda qurilgan inshootlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.




