Sherobodda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
2025-11-19 13:16:00 / Yangiliklar

Sherobodda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Sherobod TIIB JXH JTSG katta inspektori, podpolkovnik U.M. Boboyev tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 205-sonli qarori ijrosi doirasida "Qo’rg’on" mahallasida joylashgan Madaniyat uyi hamda Cho’yinchi, mahallasida joylashgan "Sport arena" obyektlarida favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalari, favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish, aholini evakuatsiya qilish tartibi va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari tushuntirildi.
Tadbir yakunida obyektlardagi mavjud kamchiliklar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu amaliy mashg‘ulotlar ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda xavfsizlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





