💠“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi Sherobodda davom etmoqda
2025-11-10 16:52:00 / Yangiliklar
🫥18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayroq estafetasi Surxondaryo viloyati bo‘ylab keng ko‘lamda davom etmoqda.

🫥Muqaddas bayrog‘imiz, yurtimiz g‘ururi va milliy faxrimiz ramzi bo‘lmish O‘zbekiston bayrog‘i bugun Sherobod tumaniga tantanali tarzda yetib keldi. Tadbir davomida bayroqni qarshi olish marosimi yuksak ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
🫥Tantanali marosimda tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasa xodimlari, yoshlar, o‘qituvchilar, harbiylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Bayroq ostida “Vatan – muqaddas, bayroq – g‘ururimiz!” shiori yangradi.
🫥Tadbir davomida vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar yangradi, yoshlar tomonidan she’rlar o‘qildi, o‘quvchilar ishtirokida bayroqni madh etuvchi chiqishlar namoyish etildi.
🫥Sherobodliklar muqaddas bayrog‘imizni faxr va iftixor bilan kutib olib, uni ramziy tarzda qo‘shni tumanga topshirdilar. Ushbu estafeta, yurtimiz bayrog‘ining har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va birlik timsoliga aylanganining amaliy ifodasidir.