Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-11-07 10:10:00 / Yangiliklar

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, tumandagi bir qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibidan o‘rin olgan 14 ta dolzarb masala muhokama qilinib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kun tartibidagi masalalar orasida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, mahalliy budjet ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi.
🫥Yakunda deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.








