ŞAHRISABZ ŞAHAR IIB BOŞLIĞINING AHOLIGA MUROJAATI
2026-11-05 15:00:00 / Yangiliklar

ŞAHRISABZ ŞAHAR IIB BOŞLIĞI, PODPOLKOVNIK NURIDDIN MEYLIYEVNING ŞAHAR AHOLISIGA MUROJAATI
Hurmatli Şahrisabz şahar aholisi!
Avvalo, barçangizga tinçlik-osoyiştalik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Bugungi kunda jinoyatçilikning oldini oliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Şahrisabz şahar Içki işlar bölimi tomonidan bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, 2026-yilning 10 oyi yakunlariga köra, şahrimizdagi mavjud 38 ta mahallaning:
🟢 14 tasi — “yaşil” toifaga;
🟡 21 tasi — “sariq” toifaga;
🔴 3 tasi — “qizil” toifaga kiritilgan.
Mazkur körsatkiçlar mahallalarda jinoyatçilikning oldini oliş va huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça amalga oşirilayotgan işlarni yanada kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda.
Ayniqsa, hisobot davrida şahrimizda 2 ta qotillik jinoyati sodir etilgani barçamizni jiddiy taşvişga solişi lozim.
Bunday oğir jinoyatlarning oldini oliş maqsadida mahallalarda nizoli oilalar, özaro pul oldi-no berdisi yuzasidan kelişmovçilikka duç kelgan fuqarolar bilan manzilli işlaş, ularga huquqiy tuşuntiriş va qonuniy kömak beriş muhim ahamiyatga ega.
Bu jarayonda mahalla “yettiligi” a’zolari özaro hamkorlikda, mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat olib borişi, fuqarolarning har bir murojaatini e’tibordan çetda qoldirmasdan, muammolarning kelib çiqiş sabablari va omillarini çuqur örganişi hamda ularning qonuniy yeçimini ta’minlaşi zarur.
Hurmatli fuqarolar!
2026-yilning 10 oyi davomida Şahrisabz şahar hududida qotillik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, talonçilik, firibgarlik, bezorilik, nomusga tegiş hamda kiberjinoyatlar bilan boğliq holatlarning köpaygani alohida e’tibor talab etmoqda.
Ayniqsa, umumiy jinoyatlarning 55,01 foizini kiberjinoyatlar taşkil etayotgani aholining kibermadaniyatini oşiriş, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş va internet tarmoğidan xavfsiz foydalaniş böyiça tarğibot işlarini kuçaytirişni taqozo etmoqda.
Şu munosabat bilan fuqarolarimizni ijtimoiy tarmoqlarda şaxsiy va bank ma’lumotlarini oşkor etmaslikka, şubhali havolalarga kirmaslikka, noma’lum ilovalarni örnatmaslikka hamda telefon qurilmalarining axborot xavfsizligini ta’minlaşga çaqiramiz. Şuningdek, “APK qöriqçi” ilovasidan foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş zarur.
Fuqarolarning profilaktika inspektorlari bilan bevosita muloqotini yölga qöyiş, murojaatlarni tezkor va sifatli körib çiqiş maqsadida “Mening inspektorim” ilovasidan foydalaniş imkoniyatlarini keng tarğib qiliş ham muhim vazifalardan biridir.
Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faqat içki işlar organlarining emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning umumiy mas’uliyatidir.
Şu bois, barçangizni qonunlarga hurmat bilan qaraşga, farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratişga, mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni saqlaşda faol iştirok etişga hamda huquqbuzarliklarga befarq bölmaslikka çaqiraman.
Kelgusida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlar yanada kuçaytiriladi. Muqaddam sudlangan şaxslar, probatsiya nazoratida bölgan fuqarolar hamda nizoli oilalar bilan individual tartibda manzilli işlar olib boriladi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qiliş, mavjud muammolarni joyida örganiş, jinoyat sodir etilişiga sabab bölayotgan omillarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar izçil davom ettiriladi.
Fuqarolarning har bir murojaati qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda körib çiqilişi ta’minlanadi.
Hurmatli yurtdoşlar!
Tinç va xavfsiz hayot — barçamizning eng katta boyligimizdir. Uni asrab-avaylaş, mahallalarimizni jinoyatçilikdan xoli, osoyişta va farovon hududlarga aylantiriş har birimizning burçimizdir.
Işonçim komilki, mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va keng jamoatçilikning hamjihatligi orqali şahrimizda xavfsiz muhitni yanada mustahkamlaymiz.
Barçangizni qonunlarga qat’iy rioya qilişga, huşyor va ogoh bölişga, tinçlik-osoyiştalikni ta’minlaş yölida birlaşişga çaqiraman!
Nuriddin Meyliyev,
Şahrisabz şahar Içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik.
