Tabiatga mehr bolalikdan boshlanadi
2026-10-26 15:30:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahrining Katta Novqat mahallasida joylashgan “DETI MIRA” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar tarbiyachilar bilan birgalikda ko‘chat va gullar ekishdi.
Bunday tashabbuslar bolalarda tabiatga mehr, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va mehnatsevarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tashkilotda 175 nafar tarbiyalanuvchi 7 ta guruhda ta’lim-tarbiya olmoqda. Bolajonlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shahrisabz shahridagi boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ko‘chat ekish va hududlarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.







