Shahrisabz shahridagi 1-son texnikumda media tur o‘tkazildi
2026-07-09 19:51:00 / Media turlar

2026-yil 9-iyul kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Shahrisabz shahridagi 1-son texnikumda xalqaro hamkorlik doirasida tahsil olgan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi hamda OAV xodimlari, mahalliy jurnalist va blogerlar uchun media tur o‘tkazildi.
Texnikum Germaniyaning Avestos kompaniyasi bilan 2024-yil oktabr oyida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida 32 nafar o‘quvchini tayyorlagan. O‘quvchilar 8–13-iyun kunlari germaniyalik mutaxassislar va ish beruvchilar ishtirokida yakuniy malaka imtihonlarini topshirgan.
Media tur davomida ishtirokchilar texnikumdagi o‘quv-amaliy sharoitlar, xalqaro hamkorlik asosidagi ta’lim jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Marosimda Avestos kompaniyasi rahbari Mishel Klaus, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonov hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi. Bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar va diplomlar topshirildi.
Manba: Shahrisabz shahar hokimligining rasmiy Telegram kanali
