JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT, TINCHLIKNI ASRASH — UMUMIY MAS’ULIYAT
2026-10-13 18:00:00 / Yangiliklar
13-oktabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan!” hamda “Tinchlik — eng oliy ne’mat” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori To‘lqin Xudoyqulov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Shahrisabz shahri bo‘yicha mas’ul xodimi Husan Uchqunov, Shahrisabz shahar IIB TQKG tezkor vakili Shahboz Suvonqulov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning radikal oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda ma’naviy immunitetini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tinchlik va osoyishtalikni asrashda har bir insonning mas’uliyati, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda axborotga ongli va tanqidiy munosabatni shakllantirishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.






