QOG‘OZSIZ BIR KUN
2026-11-03 11:15:00 / Yangiliklar

Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida 2026-yil 3-noyabr kuni “Qog‘ozsiz bir kun” ekologik aksiyasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot va amaliy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur aksiya davomida bo‘lim xodimlariga elektron hujjat aylanishi tizimidan samarali foydalanish, ijro.fvv.uz elektron platformasi orqali hujjatlarni rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda raqamli ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ish faoliyatida qog‘oz hujjatlar sarfini kamaytirish, elektron hujjat almashinuvini kengaytirish, vaqt va resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, raqamlashtirish nafaqat ish jarayonlarining tezkorligi va samaradorligini oshiradi, balki ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish orqali ekologik muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qiladi.
Shahrixon tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi✍️
