ZAFAR MUBORAK BO‘LSIN, SHAHRIXONLIK PAXTAKORLAR!
2026-10-22 15:40:00 / Yangiliklar

Ushbu yutuq paxtachilik sohasida yillar davomida to‘plangan tajriba, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, serhosil navlardan foydalanish hamda dehqonlarimizning fidokorona mehnati samarasidir. Ayrim fermer xo‘jaliklarida har gektar yerdan 60 sentner va undan ortiq hosil olinayotgani ham sohada erishilayotgan natijalarning yaqqol ifodasidir.
Ayni kunlarda dalalarda paxta yig‘im-terimi davom etmoqda. Asosiy e’tibor yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan, bir misqolini ham qoldirmay yig‘ib olishga qaratilgan.
Ushbu yuksak natijaga munosib hissa qo‘shgan barcha fermerlarimiz, mirishkor dehqonlarimiz, soha mutaxassislari va mehnatkash yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Zafarlaringiz bardavom, hosilingiz mo‘l, mehnatingiz samarali bo‘lsin!
Shahrixon tumani fermerlari kengashi.


