Shahrixonda fuqarolar qabuli oʼtkazildi
2026-10-15 14:10:00 / Yangiliklar
Bugun "Xalq qabulxonasi"da Shahrixon tumani hokimining o‘rinbosari B.Raxmonovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ushbu muloqotda tuman hokimining o‘rinbosari B.Raxmonov, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari, muassasalar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida murojaatchilarni qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi




