Ro‘yxatga olish – 2026
2026-10-13 14:35:00 / Yangiliklar

2026-yil 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
👤 Respondentlarning asosiy qismi yuzma-yuz so‘rov orqali ro‘yxatga olinadi. Bunda ro‘yxatga oluvchilar olingan ma’lumotlarni planshet yordamida elektron savolnomaga kiritadilar.
➡️ Savolnomada asosan quyidagi ma’lumotlar so‘raladi:
➡️Korxona yoki tadbirkorlik subyekti haqidagi ma’lumotlar:
— rasmiy va savdo nomi;
— tashkiliy-huquqiy shakli;
— amaldagi faoliyat manzili;
— aloqa telefon raqami;
— filial va bo‘linmalari soni (yuridik shaxslar uchun);
— mulkdorlar soni;
— asosiy mulkdor yoki rahbarning jinsi va yosh toifasi;
— korxonaning mulkchilik shakli;
➡️ Faoliyatga oid ma’lumotlar:
— faoliyat boshlangan yil;
— asosiy va qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari;
— ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar;
— asosiy mijozlar toifasi;
— eksport va import faoliyati;
— buxgalteriya hisobini yuritish holati;
— internet va ijtimoiy tarmoqlardan biznes maqsadlarida foydalanish holati.
➡️Bandlikka oid ma’lumotlar:
— 2025-yilda ishlagan xodimlarning o‘rtacha soni;
— doimiy va yollanma xodimlar;
— faoliyatda ishtirok etuvchi mulkdorlar va oila a’zolari;
— mavsumiy, kunbay va shartnoma asosida ishlovchilar;
— xorijiy fuqarolar bo‘lgan xodimlar soni.
➡️Iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar:
— 2025-yildagi jami xarajatlar;
— 2025-yildagi jami aylanma;
— investitsiyalar va moliyalashtirish manbalari;
— tovarlar, xomashyo va tayyor mahsulotlar zaxiralari;
— asosiy vositalar va transport vositalari;
— omborxona va saqlash joylariga oid ma’lumotlar.
📌 Muhim eslatma!
So‘raladigan ma’lumotlar iqtisodiy birlikning toifasi va faoliyat xususiyatlariga qarab farq qiladi.
Ma’lumotlarni manbalar asosida oldindan aniqlashtirib qo‘yish savolnomani tez va to‘g‘ri to‘ldirishga yordam beradi.
⚡ Ro‘yxatga oluvchi tashrif buyurmagan taqdirda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar census.stat.uz axborot tizimi orqali savolnomani mustaqil ravishda onlayn to‘ldirishlari mumkin.
