Payshanba — “Yoshlar kuni”!
2026-08-20 17:55:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Shahrixon tumanidagi 4-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tuman hokimi H. Dadaxonov, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tijorat banklari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan ishga joylashish, bank kreditlari olish, fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Muloqot davomida bir qator yoshlarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va tegishli tartib-taomillarni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.






