Biz kitobxon oilamiz
2026-08-15 14:55:00 / Yangiliklar
“Biz kitobxon oilamiz” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda kitob mutolaasini oilaviy qadriyatga aylantirgan, ma’rifat va bilimga intiluvchi kitobsevar oilalar faol ishtirok etdilar. Qatnashchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, bilim va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Quvonarlisi shundaki, mazkur tanlovda Shahrixon tumanidagi “So‘zoq” mahallasida yashovchi Abdujabborovlar oilasi faxrli birinchi o‘rini egalladi. G’oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bunday tanlovlar oilalarda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









