Dolzarb 40 kunlik
2026-08-08 11:25:00 / Yangiliklar
Shahrixonda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni rivojlantirish ishlari davom etmoqda

Respublika bo‘ylab mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududlar infratuzilmasini yana-da yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlar Shahrixon tumanida ham davom etmoqda.
Shu kunlarda “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarda tuman obodonlashtirish boshqarmasi yo‘lsozlari tomonidan (chuqur - chanoqlarni) taʼmirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar aholi hamda transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunday amaliy tadbirlar kuz-qish mavsumini munosib kutib olishda muhim ahamiyat kasb etadi.








