DIQQAT, HURMATLI FUQAROLAR!
2026-08-07 15:20:00 / Yangiliklar
So‘nggi vaqtlarda o‘zini Kadastr agentligi xodimi deb tanishtirib, fuqarolarni chalg‘itishga urinayotgan firibgar shaxslar uchramoqda.

Shu munosabat bilan fuqarolardan hushyor bo‘lishlari, o‘zini Kadastr agentligi xodimi sifatida tanishtirgan shaxslardan xizmat guvohnomasini talab qilishlari hamda faqat vakolatli mutaxassislar bilan ishlashlari so‘raladi.
Quyida Shahrixon tumanida faoliyat yuritayotgan rasmiy kadastr muhandislari ro‘yxati taqdim etilmoqda.
Nomaʼlum shaxslarga ishonmang, hujjatlaringizni topshirmang va noqonuniy pul talab qilingan holatlarda darhol tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Ogohlik — firibgarlikning oldini olishning eng samarali yo‘lidir!



