SHAHRIXONDA “MUSTAQILLIK TO‘YI” KENG NISHONLANMOQDA
2026-08-03 08:25:00 / Yangiliklar

Ana shunday tadbirlardan biri “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tumanning “Qoziqo‘rg‘on” mahallasida tashkil etilgan “Mustaqillik to‘yi” madaniy-musiqiy kechasi bo‘ldi. Bayram tadbirida taniqli qiziqchi va so‘z ustasi G‘ayrat Axmedov o‘zining hazil-mutoyibaga boy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanga muhabbat, mustaqillik ne’mati va yurt ravnaqini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar esa bayram shukuhini yanada oshirib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar baxsh etdi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini yuksak qadrlashlarini yana bir bor namoyon etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirish, mustaqillikning bebaho ne’matlarini ulug‘lash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shahrixon tumanida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.




