Shahrixon tumanida xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
2026-07-31 17:05:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida Shahrixon tuman 1-son texnikumi hamda Koreya Respublikasining Kongju Axborot Texnologiyalari Universiteti o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur muhim uchrashuv Shahrixon tumani hokimi Dadaxonov Hikmatillo Vahobovich boshchiligida o‘tkazildi. Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan muzokaralarda ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar o‘rtasida tajriba almashish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik nafaqat ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, balki yoshlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini kuchaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida Shahrixon tuman 1-son texnikumi hamda Koreya Respublikasining Kongju Axborot Texnologiyalari Universiteti o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikning mustahkam huquqiy asosini yaratib, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-amaliy loyihalar hamda akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Shahrixon tumanida ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar “Yangi O‘zbekiston”da inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.



