Xavfsiz va sog‘lom yurt
2026-07-23 12:05:00 / Yangiliklar

Xususan, fuqarolar o‘rtasida tig‘li buyumlarni noqonuniy olib yurishning huquqiy oqibatlari va uning jamoat xavfsizligiga salbiy ta’siri yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borilib, shu qatorda haydovchilar va piyodalar bilan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, yo‘llarda harakatlanish madaniyati hamda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni yuksaltirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar yetkazilmoqda. Shuningdek, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining mol-mulkini ishonchli himoya qilish maqsadida obyektlarni Qo‘riqlash xizmati qo‘riqloviga topshirishning afzalliklari keng targ‘ib qilinib, zamonaviy qo‘riqlash tizimlari, tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu profilaktik va targ‘ibot tadbirlari hududda barqaror xavfsizlik muhitini yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



