SHAHRIXONDA ZAMONAVIY TURAR-JOYLAR MAJMUASI QURILISHI JADAL DAVOM ETMOQDA
2026-07-15 16:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, tumanning Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar majmuasi qurilishi jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Barcha zamonaviy qurilish me'yor va talablariga muvofiq bunyod etilayotgan ushbu turar-joylar o‘zining mustahkamligi, xavfsizligi va qulay sharoitlari bilan ajralib turadi.
Majmua hududida keng va shinam xonadonlar, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, obodonlashtirilgan hovlilar, bolalar maydonchalari hamda yashil hududlarni barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida aholi uchun yanada qulay va farovon yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Yangi O‘zbekiston qiyofasini aks ettirayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari Shahrixon tumanining me'moriy qiyofasini yanada zamonaviylashtirish, aholining turmush sifatini yuksaltirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Qurilish ishlari belgilangan reja asosida sifatli va jadallik bilan davom ettirilmoqda.



