Salomatlik marafoni
2026-07-01 14:50:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda tumanimizda 1 -31-iyul kunlari "Salomatlik marafoni" tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar davomida aholini profilaktik va skrining tekshiruvlardan o‘tkazilishi va aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borilishi, kasalliklar profilaktikasi tushunchasini hosil qilish va rivojlantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorligini oshirish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishi, jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boriladi.Bugun tumanimizda "Salomatlik marafoni" tadbirlarini ochilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda tuman xokimi o‘rinbosari B.Rahmonov so‘z olib o‘tkaziladigan tadbirlarda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga barchaga omadlar tilab o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassisi X.Otamirzayev tomonidan tadbirning maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng ko‘lamli tushuntirishlar berib o‘tildi.







