Shahrixonda “Yoshlar oyligi” gala-konserti ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-06-22 10:00:00 / Yangiliklar
“Yoshlar oyligi” doirasida Shahrixon tumanida tashkil etilgan gala-konsert 15 mingdan ortiq ishtirokchini jamlab, yoshlar va aholi uchun unutilmas bayram dasturiga aylandi.

Shahrixon tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan gala-konsert haqiqiy bayram shodiyonasiga aylandi. 15 mingdan ortiq ishtirokchini jamlagan mazkur tadbir yoshlar, jamoatchilik vakillari hamda keng aholi qatlamlarini bir maydonda birlashtirib, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas onlarga boy bo‘ldi.
Kecha davomida madaniy-ma’rifiy chiqishlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari va jo‘shqin musiqiy dasturlar tomoshabinlarga taqdim etildi. Ayniqsa, taniqli estrada yulduzlari — Sevinch Ismoilova, Mirjalol Ne’matov, Sardor Rasulov hamda Mister Qaxaning chiqishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Ularning sevimli qo‘shiqlari maydonni bir ovozga to‘ldirib, minglab muxlislarga yuqori kayfiyat ulashdi.








