Yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-06-18 18:40:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Shahrixon tumanidagi 2-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tuman hokimi H. Dadaxonov, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tijorat banklari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.Uchrashuvda 37 nafar yosh qatnashib, ular tomonidan ishga joylashish, bank kreditlari olish, fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Yoshlarning muammolari va takliflari mutasaddilar tomonidan batafsil o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Muloqot davomida bir qator yoshlarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va tegishli tartib-taomillarni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.Mazkur tadbir yoshlarning fikr va takliflarini eshitish, ularning hayotdagi o‘rnini mustahkamlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.






