Mironshoh tantanali kutib olindi
2026-06-16 09:15:00 / Yangiliklar
Shahrixon tumani Vahim MFYda joylashgan “Afsonalar shaharchasi” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abduvohidov Mironshoh yurtimizga qaytgach tantanali kutib olindi.

Mironshoh avval mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Yaqinda Xitoyda bo‘lib o‘tgan mental arifmetika bo‘yicha xalqaro musobaqada esa mutlaq g‘olib deb topildi. Yosh iste’dod egasining yutuqlari barchaga faxr va ilhom bag‘ishlaydi. Mironshohga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!




