Shahrixonda gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
2026-06-13 09:00:00 / Yangiliklar
Fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan moʻl hosilni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yigʻib olish maqsadida barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

Oʻrim-yigʻim jarayonlariga zamonaviy kombaynlar va texnikalar jalb etilib, ishlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Mutasaddilar tomonidan dalalarda doimiy monitoring oʻtkazilib, hosilni sifatli yigʻib olish hamda boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlarni oʻz vaqtida joylashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda tuman fermerlari davlatga gʻalla topshirish rejasini muvaffaqiyatli bajarish va aholi farovonligini taʼminlash yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqda.






