Shahrixonlik hojilar Haj safaridan qaytishdi
2026-06-12 16:25:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, shahrixonlik yurtdoshlarimiz muqaddas Haj ziyoratini amalga oshirish maqsadida safarga jo‘nab ketgan edilar. Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan haj mavsumida ular Islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan Haj ibodatining barcha amallarini ado etdilar. Ziyoratchilar muqaddas maskanlarda ibodat qilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va oilalari baxt-saodati uchun duolar qildilar. Haj safarining barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlanib, yurtdoshlarimiz yurtimizga sog‘-salomat qaytib keldilar. Hojilarni kutib olish marosimida ularning yaqinlari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ziyoratning muborak bo‘lishini tiladilar. Muqaddas safardan qaytgan yurtdoshlarimiz o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday ulug‘ ne’mat uchun shukronalar izhor etdilar. rus va ingliz tarjima









